Bir million dasturchi va 3-tashabbus doirasida musobaqa tashkil qilindi!!!

Raqamli texnologiyalar fakultetida "Bir million dasturchi loyihasi" va "3-tashabbus" doirasida 1 kurs talabalari o'rtasida “Dasturlash” bo'yicha navbatdagi musobaqa tashkil qilindi.
Fakultet dekani A.Babayarov, dekan o'rinbosari D.Mardonov va assistent F.Nazarov musobaqa ishtirokchilarini qutlab talaba yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda dasturlash sohasida mahoratlarini yanada oshirish bo'yicha aniq tavsiyalar berib o'tdi.
50 nafardan ortiq talabalar ishtirok etgan musobaqa yakunida qo’yidagi talabalar sovrinli o'rinlarni egalladilar:
1-o'rin. Raimov Murod
2-o'rin. Mamarajabov Xujayor
2-o'rin. Baratov Javohir
3-o'rin. Shodiyev Nurbek
3-o'rin. Habibullo Xalilov