Samarqand davlat universiteti xorijiy davlat fuqarolarini tayanch doktorantura (PhD) bosqichiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847 son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda 2021-yil 24dekabrdagi «Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-60 sonli, 2022-yil 13-yanvardagi «Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-82 sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida nomidagi Samarqand davlat universiteti xorijiy davlat fuqarolarini tayanch doktorantura (PhD) bosqichiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Xorijiy fuqarolarni to‘lov-shartnoma asosida tayanch doktorantura (PhD) bosqichiga quyidagi fan ixtisosliklari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
№ |
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
Jami |
||
|
01.01.01 |
Matematik analiz |
|
01.01.02 |
Differensial tenglamalar va matematik fizika |
|
01.02.01 |
Nazariy mexanika |
|
01.02.03 |
Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi |
|
01.02.04 |
Deformasiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi |
|
01.02.05 |
Suyuqlik va gaz mexanikasi |
|
01.04.02 |
Nazariy fizika |
|
01.04.05 |
Optika |
|
01.04.09 |
Magnit hodisalari fizikasi |
|
01.04.11 |
Lazer fizikasi |
|
02.00.01 |
Noorganik kimyo |
|
02.00.02 |
Analitik kimyo |
|
02.00.03 |
Organik kimyo |
|
02.00.04 |
Fizik kimyo |
|
03.00.05 |
Botanika |
|
03.00.06 |
Zoologiya |
|
03.00.07 |
O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi |
|
03.00.08 |
Odam va hayvonlar fiziologiyasi |
|
03.00.10 |
Ekologiya |
|
03.00.13 |
Tuproqshunoslik |
|
05.01.02 |
Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash |
|
05.01.07 |
Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui |
|
06.01.01 |
Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik |
|
06.01.03 |
Agrotuproqshunoslik va agrofizika |
|
06.01.04 |
Agrokimyo |
|
06.01.08 |
O‘simlikshunoslik |
|
06.01.09 |
O‘simliklarni himoya qilish |
|
07.00.01 |
O‘zbekiston tarixi |
|
07.00.06 |
Arxeologiya |
|
08.00.10 |
Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti |
|
10.00.01 |
O‘zbek tili |
|
10.00.02 |
O‘zbek adabiyoti |
|
10.00.05 |
Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti |
|
10.00.06 |
Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
|
11.00.01 |
Tabiiy geografiya |
|
11.00.02 |
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya |
|
11.00.03 |
Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo |
|
11.00.05 |
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish |
|
13.00.06 |
Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) |
- nomzodlar tanlangan ixtisoslik bo‘yicha yetarli darajada bilimga hamda tanlangan soha bo‘yicha ilmiy tajribalar o‘tkaza olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi kerak;
- nomzodlar yuksak axloqiy va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lishi, o‘qish davrida universitet tomonidan o‘rnatilgan tartib-qoidalar va me’yoriy hujjatlarda belgilangan normalarga qat’iy rioya etishlari kerak;
- nomzodlar o‘qishni boshlashidan avval universitet tomonidan belgilangan o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirishlari kerak;
- nomzodlar tomonidan tanlangan tadqiqot mavzulari O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari ilmiy yechimini topishga qaratilishi, shuningdek, Samarqand davlat universitetining ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish rejalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Universitet granti asosida tayanch doktorantura (PhD) bosqichiga tanlov e’lon qilingan fan ixtisosliklari ro‘yxati va ajratilgan kvotalar:
№ |
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
Ajratilgan kvota |
1 |
01.01.01 |
Matematik analiz |
1 |
2 |
01.01.02 |
Differensial tenglamalar va matematik fizika |
1 |
3 |
01.02.01 |
Nazariy mexanika |
1 |
4 |
01.02.04 |
Deformasiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi |
1 |
5 |
01.04.05 |
Optika |
1 |
6 |
01.04.07 |
Kondensirlangan holat fizikasi |
1 |
7 |
02.00.03 |
Organik kimyo |
1 |
8 |
03.00.05 |
Botanika |
1 |
9 |
03.00.06 |
Zoologiya |
1 |
10 |
03.00.07 |
O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi |
1 |
11 |
03.00.08 |
Odam va hayvonlar fiziologiyasi |
1 |
12 |
03.00.10 |
Ekologiya |
1 |
13 |
07.00.01 |
O‘zbekiston tarixi |
2 |
14 |
07.00.06 |
Arxeologiya |
2 |
15 |
10.00.01 |
O‘zbek tili |
2 |
16 |
10.00.02 |
O‘zbek adabiyoti |
2 |
17 |
11.00.01 |
Tabiiy geografiya |
1 |
18 |
11.00.03 |
Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo |
1 |
- nomzodlar tanlangan ixtisoslik bo‘yicha yetarli darajada bilimga hamda ilmiy tajribalar o‘tkaza olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi kerak;
- nomzodlar yuksak axloqiy va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lishi, o‘qish davrida Universitet tomonidan o‘rnatilgan tartib-qoidalar va me’yoriy hujjatlarda belgilangan normalarga qat’iy rioya etishlari kerak;
- ushbu tanlov asosida doktoranturaga qabul qilingan xorijlik fuqarolar belgilangan tartibda to‘lov-kontrakt mabalag‘larini to‘lashdan ozod etiladi, ularning ilmiy rahbarlariga universitet byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadi, tadqiqotchilar bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi;
- doktoranturaga qabul qilingan tadqiqotchilarga o‘qish davomida stipendiya to‘lanmaydi, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli kafedralarda 0,5 shtat birligigacha mehnat faoliyatini olib borishi uchun sharoit yaratiladi;
- doktoranturaga qabul va ular faoliyati monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 304 sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi;
O‘qishga qabul qilingan doktorantlar o‘qish jarayonida qo‘yidagi talablarni bajarishi talab etiladi:
– tadqiqot mavzulari O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarining ilmiy yechimini topishga qaratilishi, shuningdek, Samarqand davlat universitetining ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish rejalariga muvofiq ravishda tanlanishi;
– tadqiqot mavzusi bo‘yicha olingan natijalar nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda, xususan, Scopus va Web of Science ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda Samarqand davlat universiteti nomidan nashr etilishi kerak.