Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti Samarqand tamadduni tarixi va O‘zbekiston tarixi kafedralarining 1-kurs magistrantlariga "Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari" (DAAD, Germaniya) nomli ilmiy loyihada ishtirok etish uchun tanlov eʼlon qiladi!

    DAAD loyihada ishtirok etayotgan magistrantlariga uslubiy va ilmiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatini beradi. Bosh mavzu yevropalik sayyohlarning Markaziy Osiyo haqidagi qarashlari va sharqshunoslik masalalari. Ushbu maqsadlarga turli kurs va seminarlarda ishtirok etish, shuningdek, Buxoro va Berlinga sayohatlar orqali erishiladi.  Ishtirokchilar tadqiqot ko‘nikmalarini oshirish uchun kredit kursidan o‘tishlari kerak. 

    Amaliyot to‘liq DAAD dasturi tomonidan moliyalashtiriladi.

    - Malaka talablari:

    Hozirda Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti "Samarqand tamadduni tarixi" va "O‘zbekiston tarixi" kafedralarining 1-kurs magistranti bo‘lish.

    -Kerakli hujjatlar:

    - Til bilish  (ingliz tili darajasi C1 yoki B2 sertifikatlari talab qilinadi)

    - O‘z faoliyati haqida rezyume

    - Motivatsion xat (maksimal 1000 so‘z)

    - O‘zlashtirish ko‘rsatkichi (baholar)

    Arizalarni qabul qilish muddati – 28-fevral 2023-yil.

    Arizalaringizni va hujjatlarning to‘liq to‘plamini quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: yakubovamukhtaram@gmail.com

    Murojaat uchun: Muxtaram Yakubova +99893 835 82 45

    Dastur haqida batafsil maʼlumotni 24-fevral kuni soat 13:00 da tarix fakultetining 216-xonasida olishingiz mumkin.