E’LON
M.F. Reshetnev nomidagi Sibir davlat fan va texnologiya universiteti Samarqand davlat universiteti talabalarini xorijlik talabalar uchun davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi. Kvota taqdim etiladigan nomzodlar Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan ajratilgan mablag'lar hisobidan magistraturada o'qish huquqini qo'lga kiritadilar.
Davlat stipendiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Tanlangan mutaxassislik bo'yicha butun davr mobaynida bepul ta'lim;
Oylik akademik stipendiya;
Yotoqxona bilan ta’minlash;
O‘qish muddati: 2 yil (2023-2024)
Ishtirok etish uchun arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha reshetnevuniversity@yandex.ru elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Ariza uchun talab qilinadigan hujjatlar namunaviy variantda ilova etiladi.