Yaponiyaning Soka universiteti 2025-2026-o’quv yilinig kuzgi semestridan boshlab talaba-almashinuv dasturi asosida nomzodlar qabul qilishi boshlanganligini e’lon qiladi.

    Hujjati qabul qilingan talabalar faqat yotoqxona bilan ta’minlanadi.

    Mobiliti almashinuv dasturi uchun talablar:

  1. Universitetning bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  2. Talabaning tahsil olayotgan instituti, fakultet yoki bo’limi boshlig’i nomidan bildirishnoma;
  3. Talabaning CV/resumesi

    Eslatma:

  1. Talaba nomzodi tavsiya etilgandan so’ng talabaning elektron manziliga anketa talablarini bajarish to’grisida ma’lumot keladi. Ushbu anketa talab etilgan muddatgacha to’ldirilishi shart.
  2. Talaba tahsil olayotgan yo’nalishda ushbu semesterda o’tiladigan fanlar yoki unga mos fanlar berilgan havola orqali topishlari shart.

Ariza topshirishirish muddati:

Nomzodlarni tavsiya etish muddati: 15-mart, 2025 yil

Anketa to’ldirish muddati: 30-mart, 2025 yil 

Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin:

https://www.soka.ac.jp/en/admissions/exchange

 

Qo’shimcha ma’lumot uchun universitet xalqaro hamkorlik boshqarmasidan olishlaringiz mumkin.