Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar uchun RUUD Ochiq Olimpiadasining onlayn bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

    Kimlar qatnashishi mumkin?

  • Xorijiy fuqarolar (Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmaganlar)
  • Maktab bitiruvchilari
  • Universitetlarning bakalavriat bosqichi bitiruvchilari

    Olimpiada qanday imkoniyatlar beradi?

    G‘oliblar uchun:
 Rossiya hukumati kvotasi asosida RUUDda bepul ta’lim olish
"RUDN BRILLIANT STUDENTS" stipendiyasiga ega bo‘lish

    Sovrindorlar uchun:
Universitetda o‘qish uchun katta chegirmaga ega bo‘lish imkoniyati

    Qanday ishtirok etish mumkin?

2-martgacha Olimpiadaning onlayn bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish (http://olymp.rudn.ru/ctartovala-registratsiya-na-onlajn-etap-otkrytoj-olimpiady-rudn-dlya-inostrannyh-grazhdan/)
Saytda onlayn test sinovlarida qatnashish (sinov sanasi elektron pochta orqali xabar qilinadi)
Individual suhbatdan o‘tish
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati e’lon qilinishini kutish

    Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

    Bakalavriat va magistratura:

  • Informatika
  • Matematika
  • Fizika
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Jamiyatshunoslik
  • Rus tili

    Faqat magistratura:

  • Ekologiya
  • Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar / jurnalistika / psixologiya
  • Iqtisodiyot va menejment

    Savollar bo‘yicha quyidagi elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin: intprojects@rudn.ru