Erasmus+ mobility almashinuv dasturi asosida lmiy xodimlar uchun uchun grant dasturini e’lon qiladi

Turkiyaning Eskishahar Osmangazi universiteti 2025-yil 12-16-may kunlari Erasmus+ K171 mobility almashinuv dasturi asosida universitet akademik xodimlari uchun 5 kunlik grant dasturi asosida stajirovkalarini amalga oshirish uchun tanlov e’lon qiladi. Grant o‘z ichiga borish-kelish va yashash harajatlarini o‘z ichiga oladi.
Nomzodlar uchun qo'yiladigan talablar:
1. Samarqand davlat universitet xodimi bo‘lishi.
2. Erasmus+ dasturida ishtirok etish uchun toʻldirilgan onlayn ariza (namuna)
3. Ingliz tilidagi CV. (namuna EVROPASS )
4. SamDU tomonidan tavsiya etilgan ma’lumot.
5. Nomzod SamDU va qabul qiluvchi universitet tomonidan to'ldirilgan va imzolangan 3 tomonlama kelishuv shartnomasi
6. Ilova da talab etilgan tomonlar oʻrtasida amalga oshirish mumkin boʻlgan loyiha.(namuna)
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 25-aprel.
Qoʻshimcha ma’lumot uchun xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qiling: irossu1420@gmail.com