Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

    “Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalishi yuqoriligini eʼtiborga olgan holda barcha  oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barcha taʼlim shakllari va turlari bo‘yicha)  joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

    Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn taʼlim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.

    Temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022-yil 24-fevralga qadar  avia va temiryo‘l chiptalari  bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

    Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, 21-yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

    Shu o‘rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va  yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz.

    Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sizdan yo‘l chiptalarini almashtirishni bir oylik muddat davomida qaytish sanasi aniq bo‘lgandan keyin shoshmasdan amalga oshirishingizni so‘raymiz!”