Tabrik!
O‘zbekiston Qahramoni, akademik,
O‘zRFA V.I. Romanovskiy nomidagi
Matematika instituti direktori,
Jahon Fanlar akademiyasi akademigi,
Oliy Majlis Senati aʼzosi
Sh.A. Ayupovga!
Hurmatli Shavkat Abdullayevich!
Tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy tabriklayman. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusi ishlaringiz va ilmiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Sizni nafaqat O‘zbekiston, balki jahon matematiklarining taniqli namoyandasi, ilm-fanimizning fidoyisi sifatida bilamiz va qadrlaymiz.
Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan O‘zRFA V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Samarqand filiali tashkil etildi. Mazkur filial faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, Sizning tarixiy xizmatlaringizni alohida eʼtirof etishni istayman.
Sizning harakatlaringiz tufayli jahonning eng taniqli, eng yirik matematik olimlari yurtimizda jam bo‘lib kelmoqda. Ular ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro anjumanlar dunyo ilm-fani namoyandalarining eʼtibor markazida bo‘lmoqda.
Qadrli Shavkat Abdullayevich!
Sizni yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatamiz. Siz samarqandlik matematik olimlarning ustozi, maslahatchisi hisoblanasiz. Samarqand davlat universitetida ham juda ko‘p olimlar Sizni o‘ziga ustoz deb biladi.
Yosh olimlarni tarbiyalashda Cizning qimmatli maslahatlaringizga tayanamiz.
Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin!
Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati aʼzosi.