Samarqand davlat universiteti matematika fakultetida “Zamonaviy analiz va matematik fizika masalalari” mavzusida anjuman bo’lib o’tdi.

    Tadbirda matematik analiz, algebra va geometriya, differensial tenglamalar va matematik fizika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika hamda matematika о‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida respublikaning yetakchi professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilarning ilg‘or tajribalari muhokama qilindi.

    Konferensiyaning maqsadi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tekshirish institutlarida faoliyat olib borayotgan olimlarning hamkorligini yanada rivojlantirishdir. Shuningdek, matematik analiz va uning zamonaviy matematik fizikaning turli yo‘nalishlaridagi yangi ilmiy-tadqiqot natijalarini muhokam qilish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish rejalashtirilgan.

    Anjumanda matematik va kompleks analiz, differensial tenglamalar va matematik fizika, algebra va geometriya, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, amaliy matematika, matematika о‘qitish metodikasi kabi sho’balarga bo’lingan holda o’z ishini davom ettirdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.