Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Feruz Narmanovning “Sharq allomalari ilmiy merosi” nomli  o’quv qo’llanmasi nashr etildi.

    Mazkur o’quv qo’llanma “Sharq allomalari ilmiy merosi” fanining maqsad hamda vazifalari, mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo’lib, jahon ilm-fani va madaniyati tarixida o’z nomi va o’rniga ega bo’lgan buyuk qomusiy allomalar ilmiy merosi va uning o’rganilishi masalalarini talabalarga yetkazib berishdan iborat.

    Muallif har bir mavzuga oid ilova etilgan ilmiy adabiyotlar majmuini tahlil etgan holda, tariximizda muhim o’rin tutgan qomusiy allomalarning ilmiy faoliyatini tarixiy tahlil qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga talabalarni mutaxassislikning o’quv rejasidan joy olgan ushbu fanning bosh maqsadi – Sharq allomalarining o’tmish ibratlarini yanada chuqurroq o’rganishga yo’naltiradi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.