Samarqand davlat universiteti va Al-Qosimiya universiteti hamkorligi…

Samarqand davlat universitetiga Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Qosimiya universiteti rektori, professor Avad Alhalaf tashrif buyurdi.
Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama etildi. Tarixshunoslik, manbashunoslik va sun’iy tafakkur bo’yicha tadqiqotlar olib borishga kelishildi.
Ma’lumot uchun, Al-Qosimiya universiteti jahon reytingida 781-790 o’rindan joy olgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.