Samarqand davlat universitetida Tojik tili va madaniyati, adabiyoti markazi hamda kabineti tashkil etildi...

Samarqand davlat universitetiga Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda Aziz boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Ular orasida Tojikiston Fanlar Akademiyasi prezidenti Qobiljon Xushvaqtzoda,Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Davlat Safar, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Ato Mirhoji, Tojikiston xalq shoiri Asjar Hakimlar bor.
Markazningasosiy vazifasi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash hamda tojik tili, adabiyoti va madaniyati bo‘yicha tadqiqotlar olib borishdan iborat.
Muloqot davomida SamDU Biokimyo institutida olimlar va shoirlar ishtirokida ilmiy-adabiy suhbatva she’rxonlik tashkil etildi.
Tashrif davomida martabali mehmonlar SamDU arxeologiya muzeyini ko‘zdan kechirdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.