O’quv qo’llanma: “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”

Samarqand davlat universiteti o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Barno Qodirovaning “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” nomli o’quv qo’llanmasi nashr etildi.
Mazkur o’quv qo’llanma “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fanining maqsad hamda vazifalari, mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo’lib, ta’limning turli bosqichlarida ona tili va adabiyoti turkumidagi fanlar mohiyatini hamda ularni o’qitishdagi o’ziga xoslikni o’rganishdan iborat.
O’quv qo’llanma filologiya yo’nalishidagi magistrant va tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.