Ijarada istiqomat qiluvchi talabalar yotoqxonaga ko‘chirildi…

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim vakillari ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rgandi.
O‘rganishlar natijasida yashash hududi uzoq va talabga javob bermaydigan ijara uyda istiqomat qiladigan talabalar yotoqxonaga ko‘chirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.