Samarqand davlat universiteti birinchi prorektori talabalarning muammolarini o’rganmoqda…

Samarqand davlat universiteti birinchi prorektori, professor Shahzoda Negmatova va “Alisher Navoiy” mahalla yoshlar yetakchisi Farangiz Xudoyorovalar kech tushishiga qaramay 2-son TTJ ga tashrif buyurdi. Talabalarning yashash sharoiti bilan tanishdi, muaommlarini o’rgandi, ularning fikrlarini eshitdi. Yoshlarni yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida mas’ullarga kerakli topshiriqlar berdi.
- Hech kimga sir emaski, o’gil-qizlarni talabalar turar joyi bilan ta’minlash masalasida imkoniyatimiz cheklangan. Shunday bo’lishiga qaramay, ijara xonadonlari bilan shartnomalar qilib, talabalarni turar joyi bilan ta’minlashga harakat qilyapmiz, - deydi prorektor Shahzoda Negmatova. – Har bir talabaning muammosini o’rganishga va unga imkoniyat boricha yechim topishga tayyorman. Bugun sizlarni tinglash uchun keldim. Kimda o’qishida, yashashida yoki shu bilan bog’liq muammolar bo’lsa birgalikda hal qilamiz…
Shuningdek, muloqot davomida prorektor kamchilik va muammolar bo’ladigan bo’lsa telegram orqali murojaat qilishi mumkinligini ta’kidlab, barchaga shaxsiy telefon raqamini e’lon qildi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.