SamDU olimlari bilan hamkorlikda Turkiyada o’zbek tilini o’rgatish uchun darsliklar tayyorlanadi…

Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Istanbul universiteti professori Mehmet Yalchin Yilmaz “Erasmus+ kredit mobillik” dasturi asosida tashrif buyurdi.
Shuningdek, Samarqand davlat universiteti Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda SamDU o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilariga “Xorijda til o’rgatish metodlari” mavzusida seminar o’tdi. Tadbirda turkiyalik professor tomonidan “Erasmus+” dasturlariga a’zo bo’lish, mavzu bo’yicha grant va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan bir qator tavsiyalar berildi.
Professor Mehmet Yalchin Yilmaz Samarqand davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda Turkiyada o’zbek tilini o’rgatish maqsadida A1, A2 darajadagi darslik va kitoblarni nashrga tayyorlash bo’yicha kelishib oldi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.