Samarqand davlat universitetiga Tatariston Respublikasi ta’lim vaziri Xadiullin Ilsur boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi…

Tashrifdan asosiy maqsad ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, xalqaro ta’lim bo’yicha yangi dasturlari tashkil qilish, Tatariston ilg‘or oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan qo’shma loyihalar ishlab chiqish masalalarini kelishib olishdir.
Tomonlar arxeologiya, san’atshunoslik yo’nalishlari bo’yicha yozgi va qishki maktablar tashkil etish, talaba hamda professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish bo’yicha muzokaralar olib bordi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Samarqand davlat universiteti arxeologiya va zoologiya muzeylari bilan tanishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.