Immunokimyoviy lyuminessent analizatori Maglum 600 (Snibe)

Samarqand davlat universiteti Vivariy laboratoriyasidagi Immunokimyoviy lyuminessent analizatori odam va hayvonlar organizmi organlarining normal va patologik holatlarida qoni tarkibidagi muhim bo‘lgan biologik aktiv moddalarni: immunoglobulinlar (IgM, IgA, IgE, IgG), anemiyada (Vitamin V12, Ferritin, Folat), autoimmunlar, TORCH infeksiyalarini aniqlash ishlarini amalga oshiradi.
Ushbu uskuna Germaniya texnologiyasi asosida xitoy bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.