Samarqand davlat universiteti prorektori Akmal Axatov Rossiyaning Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori Andrey Margolin bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha Zoom orqali muloqot qildi. Seminarda SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov, inson resurslarini boshqarish fakulteti professor-o’qituvchilari hamda akademiya mas’ul xodimi Svetlana Starsevalar ishtirok etdi.

    Yig‘ilish kun tartibida xalqaro hamkorlikning yangi shakllardagi ishlarni yo‘lga qo‘yish: yozgi maktab, magistraturada o’qish (double degree), qo‘shimcha professional dasturlar va akademik mobillikni faollashtirish masalalari muhokama etildi.

    Shuningdek, SamDU inson resurslarini boshqarish yo’nalishida tahsil oladigan magistrant va doktorantlari bilan Rossiyaning Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchilari o’zaro hamkorlik qilish va shu asosida o‘quv dasturlarini yaratishga kelishib olindi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.