SamDU filologiya fakultetida “Nemis universitetlari haftaligi” doirasida seminar o’tkazildi…
Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida “Nemis universitetlari haftaligi” doirasida “Xorijiy talabalar uchun Berlindagi Freie universitetida tahsil olish imkoniyatlari” mavzusida seminar dars tashkil etildi.
Tadbirda Germaniyadan tashrif buyurgan Berlindagi Freie universitetining (Freie Universität Berlin) Sharqiy Yevropa ofisi direktori Tobias Tiedemann ma’ruza qildi. Seminar davomida Tobias Styudemann tomonidan xorijiy talabalar uchun Berlindagi Freie universitetida bakalavr, magistratura, doktoranturada tahsil olish bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.