Samarqand davlat universitetida Vengriya universitetlarida taʼlim olishga ko‘maklashish markazi tashkil etildi…
Samarqand davlat universitetining biologiya, geografiya va ekologiya hamda kimyo fakultetlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun Vengriya oliy taʼlim muassasalarida magistratura hamda doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olish imkoniyatlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Tadbirda Vengriyaning Seged universiteti professori, hozirgi vaqtda Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor o‘rinbosari professor Ferens Lantosh ishtirok etdi.
Seminarda SamDU talabalarining Stipendium Hungaricum dasturida qatnashishga ko‘maklashish markazi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida tashkil etilganligini maʼlum qilindi. Shuningdek, professor Ferens Lantosh Vengriyaning Stipendium Hungaricum dasturi, uning imkoniyatlari hamda magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olish bo’yicha batafsil tanishtirdi.
Uchrashuvda talabgor talablar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olib, dasturda qatnashishning keyingi bosqichlarida tashkil etilgan markazga murojaat qilishlari kelishib olindi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.