Unda fakultetlar dekan o‘rinbosarlari va tyutorlari ishtirok etdi. Seminarda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi vakili tanlovning o‘tkazilish maqsad va yo‘nalishlari, shuningdek, universitet talabalarini keng jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

    -“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi har yili bir marta o‘tkaziladi, - deydi “Ulug‘bek” jamg‘armasi vakili Jalol Ergashev, - Mazkur tanlovda innovatsion va ilmiy ishlarda o‘ziga xos iste’dodga ega yoshlar ishtirok etmoqda. Asosiy maqsad iste’dodli yoshlarning ixtiro va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini munosib targ‘ib qilish va baholash hisoblanadi. Yoshlarning mazkur tanlovda faol ishtirok etishini ta’minlash, ularning innovatsion loyihalarga qiziqishlarini oshirish barchamizning muhim vazifamizdir. Bu borada birinchi navbatda ta’lim tizimi xodimlari faol targ‘ibotchi bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.