Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiyakafedrasi magistrantlariga Ispaniyaning Barselonauniversiteti professori Araus Ortega Jose Luis “Stress omillar ta’siriga o‘simliklarning chidamliligi” fanidan ma’ruza darslarini olib bormoqda.

    Xorijlik professor o‘simliklar tanasida sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarga qurg‘oqchilik,  past va yuqori  harorat, tuproq sho‘rlanishi, ksenobiotinlar, zararli gazlar kabi stress omillarning ta’siri va bu omillar natijasida o’simliklarda  hosil bo‘ladigan chidamlilik xususiyatlari haqida ma’ruza qildi.

    Shuningdek, Barselona  universitetining olimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.