Bugun, 18-aprel kuni Samarqandda havo harorati biroz pasayadi

Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrga yetadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Viloyatimizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.