Samarqand davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” o’tkazildi…
Anjumanda Samarqand davlat universiteti ilmiy jamoatchilik vakillari va talabalar ishtirok etdi. Tadbirni Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Rustam Yo’ldoshev kirish so’z bilan ochib berdi.
Muloqotda ilm-fanda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, xalqaro miqyosda universitet shon-shuhratini yuksalishiga, ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilashga munosib hissa qo‘shgan professor-o’qituvchilar jamoatchilikka namuna qilib ko’rsatildi.
So’zga chiqqan domlalar mashaqqatli yo’llari, hayot tajribasi haqida gapirib, ustoz va shogird an’anasining mas’uliyati haqida alohida to’xtaldi. Shuningdek, uchrashuvning mazmun mohiyati hamda bu kabi tadbirlarning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni bo’yicha fikr-mulohazalarini bildirib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida so’z yuritdi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.