Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjarga “Turk dunyosi madaniyat elchisi” faxriy unvoni berildi…
Turk Dunyosining faxri va g‘ururi, Samarqand davlat universitetining hamkori va do‘sti, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, AQSHdagi Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjarga Turkiy Davlatlar Tashkilotining madaniyat va madaniy meros tashkiloti – TurkSOYning “Turk Dunyosi madaniyat elchisi” Faxriy unvoni berildi.
TurkSOY Bosh kotibi Sulton Rayev olimga bu yuksak rutbani u ishlaydigan va istiqomat qilayotgan AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi Chappel Hillz shaharchasidagi Aziz Sanjar nomidagi “Turk uyi”da to‘plangan amerika va turk jamoatchiligi vakillari huzurida topshirdi.
Mukofot va medalni TDT Bosh kotibining qo‘lidan qabul qilib olgan atoqli kimyogar-olim, butun umri bo‘yicha Turk Dunyosining qardoshligi va hamkorligi uchun mujodala olib borganini va bugungi kunlarni orzu qilganini urg‘ulab, TurkSOYning “Turk Dunyosi madaniyat elchisi” unvoni va medali unga katta g‘urur bag‘ishlaganini aytdi. Turkiy Davlatlar Tashkiloti hamda TurkSOY rahbariyatiga kamtarin mehnatlariga yuksak baho berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.