O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Samarqand davlat universitetida bo’ldi…
Samarqand davlat universitetida “Ma’rifatli ayol – farovon jamiyat tayanchi” mavzusida anjuman tashkil etildi. Seminarni Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kirish so’zi bilan ochdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zebiniso Rahmonova, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova, SamDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Subxon Abbosov, SamDU rektori maslahatchisi Sharofat To’qliyeva, professorlar Mahkamtosh Tursunova, Nazmiya Muhiddinova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xosiyat Bobomurodova, Samarqand viloyati “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Jamila Sayfiddinovalar ishtirok etdi va ma’ruza qildi.
So’zga chiqqanlar jamiyatda xotin-qizlarning o’rni, gender tengligi, olima ayollarning ziyo tarqatishi kabi mavzularda fikr-mulohazalarini bildirdilar…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.