Samarqand davlat universiteti va Samara Milliy tadqiqot universiteti hamkorligi…
Samarqand davlat universitetiga Samara Milliy tadqiqot universiteti prezidenti, akademik Viktor Sofiyer tashrif buyurdi. Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a‘zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Muloqotda tomonlar o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, materialshunoslik, genetika, mexanika, fizika sohalariga oid tadqiqotlar olib borishga kelishildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.