Samarqand davlat universitetida mahalla tizimida malaka oshirish kurslari boshlandi…
Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti hamda Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat xizmatlari akademiyasi bilan hamkorlikda “Mahalla tizimida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va tashkil etish” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
2023-yil 10-noyabrdan 23-noyabrgacha davom etadigan mazkur darslarda Samarqand shahridagi davlat xizmatini rivojlantirish xodimlari, m.f.y raislari, professor-o‘qituvchilar hamda doktorantlar ishtirok etmoqda.
Malaka oshirish dasturni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar sertifikat va guvohnomalar bilan taqdirlanadilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.