Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
inson resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri
Arabov Nurali Uralovich
+99899 2112575 n_arabov@mail.ru
Nurali Arabov iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor. 1998-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2020-yildanSamarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yilda “O’zbekiston respublikasida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish” mavzusida 08.00.10 - “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi boʻyicha iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Respublika ilmiy jurnallarida 70 ga yaqin maqolalari, xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida 50 dan ortiq maqola va tezislari chop qilingan. Shuningdek, 5 darslik, 9 oʻquv qoʻllanma, 7 monografiya muallifi. “Mehnat bozori, aholi bandligi va xizmat ko’rsatish korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish yo’llari” mavzusida tadqiqot olib boradi. “Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish”, “Universitet ilmiy axborotnomasi”, “Science problems.uz”, “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnallarida tahririyat a’zosi.
Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 4 maqolasi nashr etilgan.
https://psychosocial.com/article-category/issue-5 /
www.ijstr.org
http://dx.doi.org/10.31838/jcr.07.11.92
Inson resurslarini boshqarish kafedrasi a’zolari
Bozorov Berdimurod Ulug‘murodovich Inson resurslarini boshqarish kafedrasi dotsenti. 1980-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. |
|
Ulug‘muradova Nodira Berdimuradovna Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2011-yilda 08.00.10 – «Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2011-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2020-yilda buyon inson resurslarini boshqarish kafedrasida PhD dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shu kunga qadar 100 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. 2 o’quv qo’llanma, 1 monografiya, 4 uslubiy qo’llanmalar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 60 ta, boshqa ilmiy nashrlarda 40 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan. |
|
Boltayev Burxon Sadinovich 2011-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2020-yildan inson resurslarini boshqarish kafedrasi assistenti. Asosiy ilmiy yo‘nalishi raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kaplatini rivojlantirish mexanizmlarini boshqarishdir. Burxon Boltayev faoliyati davomida 1 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma muallifi. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 25 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 20 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus va Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy nashrlarda 1 maqolasi nashr etilgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://psychosocial.com/article-category/issue-5 /
|
|
Qurbonov Sirojiddin Qurbonovich 2011-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2020-yildan inson resurslarini boshqarish kafedrasi assistenti. Sirojiddin Qurbonov faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 40 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan. Xorijiy va mahalliy ilmiy-amaliy konferensiyalarda 15 dan ortiq tezislar bilan ishtirok etgan. |
|
Tuxliyev Baxtiyor Maxmaziyayevich
|
|
Xamidova Aziza Abdufattoyevna Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomilashtirish (oliy ta’lim muassasalari misolida) mavzusida iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Aziza Xamidova faoliyati davomida 1 darslik, 1 monografiya va 1 o’quv qo’llanma nashr etgan. Shuningdek 30 ga yaqin tezis va maqolalar muallifi. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Sultonov Sanjar Jaxongir o‘g‘li Kafedra assistenti. 2021-yildan buyon Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasida ishlab kelmoqda. “Xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Sanjar Sultonov faoliyati davomida respublika ilmiy jurnallarida 5 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Xorijiy va mahalliy konferensiyalarda 6 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. |
|
Inson resurslarini boshqarish kafedrasi haqida Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi 1997-yilda mustaqil kafedra sifatida faoliyatini boshladi. Kafedra faoliyatiga professor N.B.Bozorov, dotsentlar B.M.Boboqulov, B.U.Bozorov, D.X.Aslanova, H.Q.Qosimov, N.U.Arabovlar rahbarlik qilgan. Bugungi kunda esa kafedraga iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.U.Arabov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari 5230100 – Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar), 5231700 – Kadrlar menejmenti, 5231600 – Inson resurslarini boshqarish bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalarga hamda 5A230110 – Demografiya. Mehnati qtisodiyoti va 5A231701 Kadrlar menejmenti bo’yicha magistratura hamda 08.00.10 - Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti ixtisosligi bo’yicha doktrantlarga ta’lim berib kelmoqda. |
|
Bugungi kunda kafedrada 11 nafar professor-o’qituvchilar: jumladan, i.f.d., professor N.U.Arabov, dotsentlar: B.U.Bozorov, T.Bakayev, Sh.D.Jurakulov S.B.Abdujabborov, N.B.Ulug’murodova, A.A.Xamidova va assistentlar B.S.Boltayev, S.Q.Qurbonov, B.M.Tuxliyev, S.J.Sultonovlar faoliyat yuritmoqda. Keyingi 5 yil mobaynida kafedra a’zolaridan 1 ta fan doktori 4 ta iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilmiy darajaga ega bo’ldilar. Kafedra faoliyatida dastlab “Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti” va keyinchalik “Mehnat iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo’yicha 130 dan ortiq magistrlar tahsil olib, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida o’z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. | |
Kafedra professor-o’qituchilari tomonidan 4 ta darslik (Inson taraqqiyoti, Ijtimoiy soha iqtisodiyoti, Kadrlarni innovasion boshqarish, Mehnat bozori infratuzilmasi), 8 ta o’quv qo’llanma (Sosiali qtisodiyot, Xorijda ish haqini tashkil etish, Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya, Aholi turmush tarzi va daromadlari, Personal motivasiyasi, Tadirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari I-nashr, Tadirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari II-nashr, Mehnat bozori infratuzilmasi), 10 ta monografiya va 15 dan ortiq uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar chop ettirilgan. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kafedra qoshida “Yosh tadbirkor” ilmiy to’garagi faoliyat yuritadi. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
|
Magistratura
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar