Kafedra mudiri

Normurodova Go'zal Bekmurodovna

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: +99891 5284529
  •  Elektron pochta: guzal.sam@mail.ru

Biografiya

1997-2001 - yillar Samarqand davlat universiteti talabasi
2001-2003 - yillar Samarqand davlat universiteti magistranti
2003-2008 - yillar Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi
2008-2011 - yillar Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi aspiranti
2011-2015 - yillar Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi o’qituvchisi
2015-2021 - yillar Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti
2021 -yildan Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi mudiri

O’zbekiston tarixi» kafedrasi: kecha va bugun

    «O’zbekiston tarixi» kafedrasi 1929-1937 yillar Oliy pedagogika instituti (1927-1930) Oliy Pedagogika akademiyasi (1930-1933), O’zbekiston Davlat Universiteti tarkibida «O’rta Osiyo tarixi» kafedrasi nomi bilan  tashkil topdi va  faoliyat ko’rsatadi. 1937-1941 yillarda esa «O’zbekiston xalqlari tarixi» kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettirdi. 1944 yilda O’zDU tiklangach «O’rta Osiyo va xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi» kafedrasi sifatida faoliyat ko’rsatdi. 1959-1994 yillarda  yana «O’zbekiston xalqlari tarixi» va 1994-2005 yillarda esa «Vatan tarixi» kafedrasi nomi bilan yuritildi.
2005-yildan «Vatan tarixi» kafedrasiga fakultetlararo «O’zbekiston tarixi» kafedrasi qo’shilgach, hozirgi nomini olib faoliyat ko’rsatmoqda.

        Kafedraning faoliyati davomida uni quyidagi olim-pedagoglar boshqardilar:
1929-1937 yillarda  prof. Po’lat Soliyev (1878-1937);
1945-1966 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan  fan arbobi, prof. I.I.Umnyakov (1894-1976);
1966-1971 yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan  fan arbobi, prof. M.U.Aminov (1908-1992);
1971-1982 yillarda O’zbekiston xalq ta’limi a’lochisi dos. S.A.Akramov (1917-1993);
1982-1998 yillarda O’zbekiston xalq ta’limi  a’lochisi, «Do’stlik» ordeni sohibi, prof. M.M.Abramov (1926-1998);
1998-2005 yillarda tarix fanlari nomzodi,  dots. N.X.Toshkenboyev;
2005-2010 yillarda  tarix fanlari doktori, prof. Sh.S.G’afforov;
2010-2018 tarix fanlari nomzodi, dots. R.Sh.Xoliqulov;
2018-2019 yillarda tarix fanlari nomzodi, dots. X.M.Mamaraximov 
2019-2021 yillarda t.f.d. dots. B.S.G`oyibov;

2021 yildan t.f.d., dots. G.B. Normurodova boshqarib kelmoqda.


        “O’zbekiston tarixi” kafedrasi universitet va fakultetda  yetakchi ilmiy-pedagogik  jamoadir. Hozirgi  paytda kafedrada  4 nafar fan  doktoridan  2 ta professor va 2 ta dotsent, 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 4 ta PhD, 1 nafar katta o’qituvchi, 6 nafar o’qituvchilar samarali faoliyat ko’rsatmoqda.  Professor, tarix fanlari doktorlari Sh.S.G’afforov, F.H.Nabiyevlar, tarix fanlari doktorlari, dotsent G,B.Normurodova, B.S.G`oyibovlar,  tarix fanlari nomzodlari, dotsentlar: R.Sh Xoliqulov, M.I Nasrullayev, K.G`aniyev, J.B.Vafayeva, PhD lar:  S.A.Djumanov, F.A.Narmonov, Z.J.Akbayeva, D.Haydarov, B.E Raximovlar, assistentlar: Hasanova Sh.H, J.R.Turdialiyev, A.Xoliqulovlar universitetning barcha fakultetlarida xizmat ko’rsatishib, ma’ruzalar o’qib, seminar mashg’ulotlar o’tkazib kelishmoqda. Tarix fakultetida «O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha 20 dan ortiq fanlari  va maxsus kurslar  o’tiladi.  Talabalar uchun 40 dan ortiq darslik,  elektron darslik, o’quv qo’llanma, ma’ruzalar matni, o’quv-uslubiy qo’llanma, majmua va ko’rsatmalar  yaratilgan. Kafedra professor o’qituvchilari viloyatlar, Samarqand shahri oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, umumiy o’rta maktab jamoalariga O’zbekiston tarixidan ilmiy-uslubiy yordam berib kelmoqdalar. Kafedra respublika va shahrimizda katta ilmiy salohiyatga egadir. Jamoa a’zolari tomonidan O’zbekiston tarixini tadqiq etish va hozirgi zamon talabiga muvofiq yangicha yoritish borasida ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va olib bormoqdalar. Buning natijasida 20 dan ortiq monografiya, 50 ga ortiq ilmiy ommabop risola, 30 ta ilmiy to’plam, 900 dan yaqin ilmiy maqola, 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar. Jumladan, prof. P.Soliyevning «Buxoro mang’itlar sulolasi davrida» (1933), prof.

    I.I.Umnyakovning “Akademik V.V.Bartold asarlarining bibliografik sharxi» (Moskva,1975), M.X.Toshkenboyevning “Zarafshon vodiysining qadimgi tosh davri madaniyati» (Toshkent,1980) va “Qo’tirbuloq manzilgohi» (Varshava, 2000, ingliz tilida), Sh.S.G’afforovning “Chor istibdodi davrida Turkistondagi ta’lim tizimi” (Samarqand, 2001), “Mustamlaka davrida Samarqandda boshqaruv tizimi va sanoat ishlab chiqarishning shakllanishi” (Samarqand, 2011), “Tarix va taqdir” (Toshkent, 2012), G.B.Normurodovaning “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqand viloyati aholisi” (Samarqand, 2010),   “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqand viloyati aholisining ijtimoiy stratifikasiyasi” (Toshkent, 2013), "Buxoro amirligi ijtomoiy stratifikatsiyasi" (Toshkent, 2019), B.S.G’oyibovning Sug’d konfederasiyasida Panchning o’rni (Ilk o’rta asrlar) (Toshkent, 2012), “Devashtich” (Toshkent, 2012), Sug’d konfederasiyasi shakllanishi taraqqiyoti va tanazzuli (Toshkent, 2015), «Ilk o`rta asrlarda Sug`d konfederatsiyasi tarixi» (o`quv qo`llanma, Samarqand, 2018), “Sug'dshunoslikka kirish. I. Sug`diy yozuv va numizmatika” (Toshkent, 2018), About Confederateve administration Ruring of Sagd (South Korea, 2016) kabi monogrfiyalari ilmiy jamoatchilik tomonidan qizg’in kutib olindi. Muntazam ravishda har yili  yil yakunlari bo’yicha kafedraning ilmiy to’plami nashr etiladi. Kafedra  a’zolari O’zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, TerDU, Navoiy va Jizzax pedagogika institutlari  va respublikadagi  boshqa  oliy o’quv yurtlaridagi  turdosh kafedralar,  O’zFA Tarix instituti  va Arxeologiya instituti hamda Buyuk Britaniya Oksford universiteti, AQShdagi Garvard universiteti, Germaniyadagi Berlin, Gumboldt universiteti, Moskva davlat universiteti olimlari bilan yaqin ilmiy-ijodiy aloqalar olib bormoqda. Kafedra qoshida 2021 yildan "O'zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi" nomli ilmiy Markaz faoliyat ko'rsatayapti.  Kafedra qoshida “Moziydan  sado” nomli talabalar ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatadi. Kafedraning iqtidorli talabalari turli xil respublika tanlovlarida ishtirok etib kelmoqda. O’zbekiston tarixining yangi  tarixini o’rganish bo’yicha “Tafakkur sinovlari” tanlovida “Ulug’bek vorislari” jamoasi bilan qatnashib, 2012 yilda 1-o’rinni, 2013 yilda 3-o’rin, 2018-yil 3-o’rinni egalladilar. Kafedra bitiruvchilari orasida Prezident, atoqli kishilar nomidagi stipendiyalar sohiblari va respublika miqyosidagi olimpiadialari g’oliblari yetishib chiqqan. Kafedra a’zolari fakultet, universitet, shahar, viloyat hamda respublika miqyosida jamoat ishlarida faol qatnashmoqda.

    Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari:

Bakalavr
•    O’zbekiston tarixi
•    O’zbekiston davlatchiligi tarixi
•    O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi
•    O’zbekistonning eng yangi tarixi
•    Sharq allomalarining ilmiy merosi
•    O’zbekiston tarixini o’qitish metodikasi (7-8-9 sinflar)

•    O’zbekiston tarixini o’qitish metodikasi (10-11 sinflar)

•    Qadimgi turkiy davlatlar tarixi
•    O’zbekistonda talim tizimi tarixi
•    Ilk o’rta asrlar Sug’d konfederasiyasi tarixi.
•    O’zbekiston memoriy yodgorliklari va muqaddas qadamjolari tarixi
•    Turkistonda talim tizimi tarixi


Magistratura
•    O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik
•    O’zbekistonda yer-suv munosabatlari
•    O’zbekistonda savdo munosabatlari va tadbirkorlik tarixi
•    O’zbekiston mustamlaka va sovet mustabid tuzumi davrida
•    O’zbekiston tarixi toponimlari
•    O’zbekiston tarixida innovatsiyalar