Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida 2019-yildan boshlab magistratura mutaxassisliklari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Ushbu qo’shma ta’lim dasturlari AQShning Yuta davlat universitet, Rossiyaning “STANKIN” Moskva davlat texnologiyalar universiteti, Tomsk davlat universiteti, Shimoliy Kavkaz federal universiteti, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda olib borilmoqda. 2022-2023-o’quv yilida “Mexatronika va robototexnika”, “Davlat moliyasi va xalqaro moliya”, “Biologiya (ixtiologiya va gidrobiologiya)”, “Geografiya (o’rganish obektlari bo’yicha)”, “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Ekologiya (yaylov ekologiyasi)” “Rus tili va adabiyoti”, “Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha)” va “Dorilarning sanoat texnologiyasi” ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Magistratura yo’nalishida tahsil oladigan talabalar o’qishning birinchi yilini SamDUda va ikkinchi yilini xorijiy OTMda olib boradi. Magistraturga qabul jarayonlari davom etmoqda.

    Quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz va ro’yxatdan o’tishingiz mumkin…

    Fakultetda ta’lim jarayonlarini samarali va yuqori darajada tashkil etish maqsadida malakali mahalliy va xorijiy professor-o’qituvchilar jalb qilingan. Hozirgi kunga qadar hamkor xorijiy universitetlardan 4 nafar mutaxassislar fakultetda doimiy ravishda faoliyat ko’rsatishmoqda. Jumladan, Hindiston, Yaponiyadan 1 nafardan va Rossiyadan 2 professor-o’qituvchi fakultet talabalariga dars berib kelmoqda.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti.