Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2022 yil 9-dekabr kuni soat 15:30 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti tadqiqotchisi Xoliqov Dilshod Shukurullayevichning 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi ixtisosligi bo‘yicha “Doiraviy konussimon elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranishlari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.
2. Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti, Matematika fakulteti 105-xona.