OTM o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 22-fevraldagi №08/5798 xatiga ko‘ra, Yaponiyaning “Matsumae International” jamg‘armasi tomonidan Yaponiyada tabiiy, muhandislik va texnik fanlar, shuningdek tibbiyot sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish va malaka oshirish dasturi e’lon qilingan.
Mazkur dastur 2023-yil aprel oyidan 2024-yil mart oyigacha amalga oshiriladi. Shuningdek, ajratilayotgan stipendiya aviachipta (borish va kelish) va tibbiy sugʻurta xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu tanlovda 49 yoshdan oshmagan, fan nomzodi (PhD yoki unga tenglashtirilgan) darajasiga ega, ingliz yoki yapon tili sertifikatiga ega nomzodlar tavsiya etiladi.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 20-iyun. Tanlov natijalari 2022-yil dekabr oyi oxirida eʼlon qilinadi.
Nomzodlar barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda application@mif- japan.org elektron pochta manziliga yuborishi lozim.
Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati ilova qilinmoqda. Shuningdek, mazkur dastur to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan Yaponiyaning “Matsumae International” jamg‘armasining http://www.mars.dti.ne.jp/mif/ rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.