Nagoya universiteti Osiyo satellit kampuslari institutining 2022-yildagi pedagogika, inson resurslarini rivojlantirish hamda psixologiya fanlari, huquqshunoslik va sisosiy fanlar sohasidagi doktorantura dasturiga qabul boshlanganligini maʼlum qiladi.

    Doktorlik taʼlim dasturining o‘ziga xos xususiyati shundaki, nomzod o‘z mehnat faoliyatidan ajralmagan holda 3 yil davomida Nagoya universitetida doktorantlik (PhD) tadqiqotlarini amalga oshirishi mumkin. O‘quv mobaynida doktorant bir necha marotaba Nagoya universitetiga intensiv tadqiqot uchun taklif qilinadi. Doktorant individual o‘quv jadvali asosida Nagoya universiteti professorlari va xodimlarining har tomonlama ko‘magida o‘z ilmiy ishini olib boradi. Taʼlim va tadqiqot hamda Nagoya universitetiga tashrif bilan bog‘liq barcha xarajatlar Nagoya universiteti grand dasturi tomonidan qoplanadi.

    Doktoranturaga hujjat topshirish muddati 2022-yilning 25-aprel kuni soat 18:00 gacha va huquq va siyosiy fanlar sohasida 2022-yilning 25-aprel kuniga qadar etib belgilangan.

    Dastur bilan bog‘liq batafsil maʼlumot olish uchun Nagoya universiteti vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin. Manzil: Аmir Temur ko‘chasi, telefon: 71-238-94-05, 71-238-94-06.

    http://www.educa.nagoya-u.acjp/en/info/asci/index.html

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun Universitet xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. irossu@1420.gmail.com