Drezden Texnika Universitetining Ekologik menejment sohasida, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqaruv kadrlarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan ekologik dastur e’lon qildi. Ushbu ekologik dastur Drezden Texnika Universitetining Ekologiya fakulteti CIPSEM (Centre for International Postgraduate Studies of Environmental Management) ta’lim markazi tomonidan o’tkaziladi.

    Mazkur dastur ingliz tilida olib boriladi va 2022-2023-yillar uchun bir nechta kurslarni taklif etadi. Dastlabki ikki kursda ishtirok etish uchun arizalar topshirishning oxirgi muddati 2022-yil 13-aprelgacha.

    Arizani ushbu havola orqali topshiriladi: https://tu-dresden.de/cipsem/unep-unesco-bmuv/bevorstehende-kurse/em46

    Ushbu dasturda ishtirok etish uchun Ekologiya sohasida bakalavr diplomi yoki sohaga tegishli diplom hamda ingliz tili darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab qilinadi.

    Qo‘shimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo‘limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53,  irossu1420@gmail.com