Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyati tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari tomonidan atrof-muhitni yaxshilash bo'yicha ekologik loyihalar va talabalar tashabbuslarining xalqaro tanlovini e'lon qiladi
2015-yilda qabul qilingan BMTning 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq RF Kemerovo viloyatining tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari tomonidan atrof-muhitni yaxshilash bo'yicha ekologik loyihalar va talabalar tashabbuslarining xalqaro tanlovi e'lon qilinadi. Ushbu tanlov Xalqaro Yer kuni (20-mart, 22-aprel) va Xalqaro atrof-muhit va ekolog kuniga (5-iyun) bag‘ishlanadi.
Tanlovning maqsadi kundalik hayotga, ta’lim va turmush tarziga ekologik toza yondashuvni targ‘ib qilish, atrof-muhit holatini yaxshilash va yangi barqaror yashil iqtisodiyotni yaratish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlovning mavzulari - Eng yaxshi ekomarketing loyihasi; Eng yaxshi eko-muhandislik yechimi; Universitet infratuzilmasidagi eng yaxshi ekologik innovatsiyalar; Tabiiy biologik xilma-xillikni saqlash bo'yicha eng yaxshi eko tashabbus; Aholiga ekologik ta'lim berish bo'yicha eng yaxshi eko-ko'ngillilar tashabbusi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu veb-sahifadagi ro'yxatdan o'tib: www.ноц42.рф 2022-yil 16-maygacha atrof-muhit holatini yaxshilash bo‘yicha ekologik tashabbus loyihasini tavsiflovchi faylni ilova qilish talab etiladi.
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo‘limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53, irossu1420@gmail.com