“TWINNING” dasturi Yevropa Ittifoqining hamkor mamlakatlarida kuchli ma’muriy tuzilmalarni yaratish uchun inson resurslarini rivojlantirish va ularni salohiyatini oshirish maqsadida qilinayotgan ishlarda ko‘maklashishga qaratilgan.

    TWINNING” loyihasining muddati 12 oydan 36 oygacha bo‘lib, ularning byudjeti o‘rtacha hisobda 2 mln. yevroni tashkil etadi, ammo kerak bo‘lsa, bu miqdorni oshirish mumkin. Loyiha shakllantirish uchun beriladigan takliflar yilning istalgan vaqtida taqdim etilishi mumkin. Buning uchun muayyan muddat belgilanmagan.

    “TAIEX” dasturi BMT tomonidan tasdiqlangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida qilinayotgan mamlakatlarning sa’y – harakatlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida texnik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Shular qatorida, “TAIEX” dasturi markaziy davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillarining malakasini oshirishga yordam beradi.

    Quyidagi texnik yordam shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

    - seminarlar (1-2 kun), ularda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ekspertlari o‘zlarining sohasidagi ilg‘or tajribalari bilan almashishadi va ularni hamkor tashkilot vakillari bilan muhokama qiladilar;

    - ekspert missiyalari (5 kungacha);

    - tanishuv safarlari (3-5 kun) va h.k.

    Jumladan ariza topshirish tartibi, muddatlari va ushbu dasturlarda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plami bilan tanishib chiqish zarur.

    Batafsil ma’lumotlar quyidagi veb-sahifalarida keltirilgan:

    - https://ec.europa.eu/neighbourhood-enlargement/funding-and-technical assistance/twinning_en (“TWINNING”);

     - https://ec.europa.eu/neighbourhood-enlargement/funding-and-technical-assistance/taiex_en (“TAIEX”).

    Shuningdek, ushbu masalalar yuzasidan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi vakili Zosya Lutskevichga quyidagi electron manzillari orqali murojaat qilish mumkin:

    zofia.lutkiewicz@eeas.europa.eu;

    natalya.pak@eeas.europa.eu