Buyuk Britaniya “Chevening” stipendiyaralar dasturiga tanlov eʼlon qiladi…
Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi “Chevening” stipendiyaralar dasturiga tanlov eʼlon qiladi, Ushbu dastur Buyuk Britaniya oliy taʼlim muassasasining magistratura bosqichiga o‘qishga kirgan nomzodlar uchun o‘qish va o‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni ( har oylik stipendiya, viza, aviachipta, yashash va h.k.) qoplab berishni nazarda tutadi. Tanlovda qatnashish uchun kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Hujjatlar 2022 yilning 2 avgust kunidan 1 noyabr kunigacha www.chevening.org/apply sayti orqali qabul qilinadi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
O‘qishni tamomlagandan so‘ng kamida 2 yil muddatda O‘zbekistonga qaytishi;
Bakalavr diplomiga ega bo‘lishi ( quyidagi havola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin https://www.chevening.org/scholarships/who-can-apply/eligibility/);
Tanlovda qatnashish uchun kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi,( quyidagi havola orqali ish soatlari hisobi haqidagi maʼlumotlarni olishingiz mumkin https://www.chevening.org/scholarships/who-can-apply/work-experience/);
Buyuk Britaniyadagi universitetlarning 3 ta magistratura dasturiga ariza topshirishingiz va 2023 yilning 13 iyuliga qadar kamida bitta dasturga to‘liq qabul qilinishingiz mumkin ( mavjud magistrlik dasturi haqida quyidagi https://www.chevening.org/scholarships/guidance/courses/ havola orqali tanishing)
Chevening stipendiyasiga ariza berish jarayoni:
Nomzod quyidagi havola https://www.chevening.org/apply/ orqali onlayn anketani to‘ldirishi kerak;
Tanlovning birinchi bosqichi arizada ko‘rsatilgan maʼlumotlar asosida o‘tkaziladi va anketadagi 4 ta savolga javob sifatida insholar baholanadi.
Tanlovning ikkinchi bosqichi intervyu natijalari asosida Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasida oflayn yoki onlayn rejimda o‘tkaziladi. Birinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar elchixona suhbatidan oldin 2 ta tavsiyanomani taqdim etishlari lozim.
Chevening dasturi Buyuk Britaniya oliy taʼlim muassasasida o‘qish to‘lovlarini, oylik stipendiyani, borish va qaytish, viza to‘lovlarini, Buyuk Britaniyada Chevening tadbirlari uchun poyezd xarajatlarini qoplaydi.
Batafsil maʼlumotlarni quyidagi havola orqali https://www.chevening.org/scholarships/guidance/ va https://www.chevening.org/FAQs olishingiz mumkin
Chevening dasturining maʼlumotlari ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalardan
http://www.facebook.com/cheveningfco/
http://twitter.com/cheveningfco/
http://www.instagram.com/cheveningfco/
http://www.linkedin.com/school/cheveningfco/
va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqlarida ham berib boriladi:
http://www.facebook.com/ukinuzbekistan
http://twitter.com/ukinuzbekistan
http://www.instagram.com/ukinuzbekistan
Qo‘shimcha savollar uchun Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.