E’lon “Yapon tili va madaniyati” dasturiga qabul
Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan 2023-yil uchun “Yapon tili va madaniyati” o’quv dasturiga nomzodlarni qabul qilish boshlandi.
Xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash, hamda ta’lim olish bilan bog’liq xarajatlar Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.
Dastur to’g’risida batafsil ma’lumotni Yaponiyaning Toshkendagi elchixonasi veb-sayti http://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3 orqali tanishishingiz mumkin.
Nomzodlar barcha kerakli hujjatlarni Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasiga 2023-yil 1-fevralga qadar taqdim etilishlari kerak.
Qiziquvchilar qo’shimcha ma’lumotni universitet xalqaro hamkorlik boshqarmasidan olishlari mumkin irossu1420@gmail.com