Samarqand davlat universitetiga Finlandiyaning Seinäjoki amaliy fanlar universiteti rektori Yakko Xallila boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

Delegatsiya a'zolarini Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.
- Sizlarni Samarqandda ko'rib turganimdan juda ham xursandman, - dedi Rustam Xolmurodov. - Biz Finlandiya oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikning yangi davrini boshlash niyatidamiz. O'ylaymanki, bugungi uchrashuvimiz ikki taraf uchun ham manfaatli bo'ladi.
Samarqand davlat universiteti
Axorot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.