Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi dotsenti Akmal Safarov 2025-yil 10-fevraldan 1-martgacha MISTI loyihasi doirasida AQShning nufuzli Massachusets texnologiya institutida (MIT) stajirovka o‘tab qaytdi.

    Mazkur stajirovkaning asosiy maqsadi MITdagi ilg‘or o‘quv va tadqiqot laboratoriyalari bilan tanishish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni muhokama qilish, shuningdek, fizika sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan bilim va tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

    Safar davomida Akmal Safarov MITda o‘qitiladigan “Amaliy yadro fizikasi”, “Monte Karlo" metodlari va “Eksperimental fizika” kabi kurslar bilan tanishdi hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamladi.

    Stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagani uchun Akmal Safarov MITning maxsus sertifikatiga ega bo‘ldi.

    Ma’lumot uchun, Massachusets texnologiya instituti QS reytingda 1-o’rinni egallab kelmoqda.