Samarqand davlat universiteti Qirg‘iziston milliy universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi…

Samarqand davlat universitetiga Qirg‘iziston milliy universiteti rektori, professor Dogdurbek Chontoev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Samarqand davlat universiteti arxeologiya, zoologiya, paleontologiya va geologiya muzeylari, oranjeriya, Kvant markazi bilan yaqindan tanishdi.