Samarqand davlat universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov 2025/2026 yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan institut direktorlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari bilan uchrashdi.
Kun tartibida ishchi o‘quv dasturlarini tayyor holga keltirilishi, kredit va dars soatlarning o‘quv rejaga mosligi, o‘quv yuklamalarini shakllantirish, dars taqsimoti, darslarni HEMISga kiritish kabi masalalar muhokama qilindi. Mas’ullarga vazifalalar yuklatildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.