Vashington Fan va texnologiya universiteti (WUST) va Samarqand davlat universiteti global akademik hamkorlikni mustahkamlamoqda…

Xalqaro akademik hamkorlik sari muhim qadam sifatida 2027-yil 27-fevral kuni AQShning Vashington Fan va texnologiya universiteti (WUST) va Samarqand davlat universiteti (SamDU) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokama ikki muassasa o‘rtasida xalqaro va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.
Muloqotda SamDU tomonidan xalqaro aloqalar bo’limi mudiri, professor Muxtor Nosirov va professor Sazad Hossein ishtirok etdi. WUST tomonidan Eng. Abubokor Hanip, Doktor Hasan Karabuk, Doktor Jeffri Pyrim, doktor Touhid Bhuiyanlar qatnashdi..
WUST global hamkorlik sa’y-harakatlari doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda kiberxavfsizlikka alohida e’tibor qaratilib, axborot texnologiyalari sohasida qo‘shma va ikki diplomli dasturlarni yaratish imkoniyatlari o‘rganildi. Hamkorlikni rasmiylashtirish uchun ikkala muassasa ham raqamli shaklda amalga oshiriladigan o'zaro anglashuv memorandumini (Memorandum) imzolashga kelishib oldilar.
Bundan tashqari, muhokama davomida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi, jumladan:
• Qo'shma tadqiqot tashabbuslari va professor-o'qituvchilarning hamkorligi
• Kiberxavfsizlik bo'yicha xalqaro konferentsiyalar va yozgi maktablarni tashkil etish
• Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlari
Uchrashuv yakunida har ikki universitet mutasaddilari o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash va kelgusidagi tashabbuslarga ko‘maklashish maqsadida shaxsiy tashriflarga taklif etishdi. Ushbu hamkorlik global akademik mukammallik va innovatsiyalarni ilgari surishda muhim bosqich hisoblanadi.