Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasidagi INMACOM loyihasi asosida 5 kunlik mahorat darslari boshlandi. Ushbu tadbirda UZTELECOM viloyat bo‘linmalari hamda “Mir Solar” kompaniyasi muhandislari ishtirok etmoqda.

    Mahorat darslarida 30 ga yaqin muhandis va mutaxassislar qatnashib, ilg‘or tajribalar almashadi, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ushbu loyiha ishtirokchilarga innovatsion muhandislik yechimlari bilan tanishish, amaliy bilimlarini mustahkamlash va kasbiy mahoratlarini oshirish imkonini beradi.

    Mazkur tadbir ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.