Samarqand davlat universitetida “Choy festivali” o‘tkaziladi

22-iyun kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida millatlararo totuvlikning ramzini aks ettiruvchi “Choy festivali” o‘tkaziladi.
Festival universitet xiyobonidagi Konfutsiy maydonida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, tadbir doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.