Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Yoshlar festivali doirasida Samarqanddagi OTM lar talabalari o‘rtasida kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ko‘tarinki va bahs-muhokamalarga boy o‘tdi.

    Yakuniy natijalarga ko‘ra,

    1-o‘rinni Samarqand davlat universiteti talabasi Durdona Yoqubova, 2-o‘rinni Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Munisa Bobojonova, 3-o‘rinni Toshkent iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabasi Iroda Bediyorova egalladi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.