Hech qachon etni tirnoqdan ajratib bo‘lmaydi. Uning azobi og‘ir kechadi. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi yuksak hurmat, ishonch va birodarlik tarixiy haqiqat. Mamlakatimizda nimaiki ijobiy islohotlar olib borilsa, Qoraqalpoq zaminidan boshlash umummilliy anʼanaga aylangan. Bugungi osoyishta zamonda ikki qondosh xalq o‘rtasida hatto qil o‘tishiga ham hech bir asos yo‘q. Aka-ukalar o‘rtasida nizo chiqarishga urinayotganlar adashadi. Bu ikki xalqning iymoni but, eʼtiqodi mustahkam!

 

Toshpo‘lot Rajabov,
Samarqand davlat universiteti dotsenti.